“Real” ustozi Zidan “Leganes”ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida Dani Sebalosni maydonga tushirdi. Bu paytda o'yin yakunlanishiga 29 soniya qolgandi.
“Marca” nashrining yozishicha, futbolchi bu qarori uchun Zidandan norozi bo'lgan. Oqibatda ularning munosabatlari keskinlashgan. Sebalos “Betis”ga qaytishi mumkin.