Uelslik futbolchi Garet Beyl final oldidan Real Madrid TV telekanaliga intervyu berib o'tdi.
Tiklanish haqida:
"Men to'liq tiklandim va o'zimni juda yaxshi xis etayapman. Kuniga ikki marta mashg'ulot o'tayapman va endilikda safga to'liq qaytdim."
Finalda asosiy tarkibda tushish haqida:
"Agar asosiy tarkibda maydonga tushmasam, xafa bo'lmayman. Men jarohatim sabab finalda o'ynay olmasam xafa bo'lardim. Bu yil meni jarohatim bilan bog'liq muammolarim bo'ldi, lekin endi men ko'p mehnat qilgaman va o'ynashga tayyorman. Oson bo'lmadi, ammo men bu to'siqlarni yengib o'tdim."
Isko haqida:
"U ajoyib futbolchi, ayniqsa so'nggi haftalarda o'zini juda yaxshi xis etmoqda. Men undan juda xursandman, chunki qiyin paytda jamoaga katta yordam berdi. Finalda kim o'ynashining qizig'i yo'q muhim jamoa g'olib bo'lsa bas."