"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya chempionatida "Leganes" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tarkibimizda 24 o'yinchi bor. Hammamiz o'ynashni istaymiz. Kim maydonga tushmasa va bundan achchiqlanmasa - bu ham jamoa uchun yomon. Odamda o'ynash istagi bo'lishi kerak.
Baribir ko'p o'yin o'tkazishimiz kerak, murabbiy tarkibni sinayapti. Oxiri hamma xursand bo'lishi uchun hammamiz jamoa foydasi uchun ishlashimiz kerak.
Biz hammamiz murabbiyga kerakmiz. Uch kundan keyin navbatdagi o'yinimiz, keyin seshanba kuni, yaxshilab tayyorlanish kerak.Hammasini murabbiy hal qiladi. Biz u bilan muqarrar o'limga borishga ham tayyormiz", - deydi Karvaxal.