"Real Madrid" sardori Serhio Ramos La Liga doirasida "Alaves"ga qarshi navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
31 yoshli himoyachi kecha "Leganes"ga qarshi (3:1) bahsda raqib futbolchisi El Zaarga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun bosh hakam Gonsalez Gonsalez tomonidan ogohlantirildi. Bu orqali Ramosning sariq karchkalari soni 5 taga yetdi va endi u reglamentga ko'ra navbatdagi uchrashuvda diskvalifikatsiya sabab jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ta'kidlash joizki, bu Ramosning La Liga tarixidagi 163-ogohlantirilishi hisoblanadi va himoyachi bu borada musobaqaning yaqqol rekordchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Alaves"ga qarshi bahs 24-fevral shanba kuni 20:15 da "Santiago Bernabeu"da start oladi.
RealBlancos