"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatida "Leganes" bilan uchrashuvdan so'ng (3:1) liga chempionligidan umidini uzmaganini ma'lum qildi.
"Bunday g'alabalar ruhiy ustunlikka sabab bo'ladi. Shu ruhda davom etish kerak. Omadsizlik seriyasidan so'ng o'zimizga kelyapmiz va o'z maqsadimiz sari intilyapmiz. Lal liga g'olibligi uchun kurashda davom etamiz va farqni kamaytirishga harakat qilamiz. O'yinimizni yaxshilab, kamroq gol o'tkazishga harakat qilamiz.
Pnealtidan gol? Ronaldu o'ynamaganida 11 metrli jarimani men yoki Beyl tepamiz. Raqobat qilmaymiz", - deydi Ramos.
"Real" 24 turdan so'ng primerada 3-o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan 14 ochko ortda qolmoqda.