"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua klubini o'zgartirmoqchi emas.
Oxirgi vaqtlarda matbuot belgiyalik darvozabonni "Real" bilan bog'lamoqdalar. Ammo posbonning o'zi "Real" bilan muzokara o'tkazishga qarshi emasligini ham aytmoqda
"Ayni vaqtda "Chelsi" bilan muzokaralar olib boryapman. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Londonda uzoq vaqt qolaman. Agar "Real" prezidenti Florentino Peres qo'ng'iroq qilsa, u mening agentim bilan gaplashishi mumkin", - deydi Kurtua.
Kurtuaning "Chelsi" bilan shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.