"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emeri EChL nimchorak finalining javob uchrashuvida "Real" futbolchilarini qiyinchilik utib turgani bilan ogohlantirdi.
Murabbiyning fikricha, "Marsel" ham 25 fevral kuni Frantsiya chempionati doirasida o'zini nima kutib turgani haqida bilmaydi.
"Mavsumning ko'p o'yinlarida o'z vazifamizning uddasida chiqa olishimizni isbotladik. Ammo o'z maydonimizda o'zimizni o'zgacha kuchli sezamiz. "Real" va "Marsel" "Park de Frans"da o'ynash kerakligini biladilar, ammo ularni aslida nima kutib turganini bilmaydilar. Bu ikki "klasiko"ga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz", - deydi Emeri.
Birinchi o'yinda parijliklar safarda "Real"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan edilar.