El Confidencial, nashri xabariga ko'ra Ispaniyada Segunda B, Tersera va Federason kubogi o'yinlari doirasida 51 ta uchrashuv kelishilganligi haqida gumon qilinmoqda.
2015/16-yilgi mavsumda 10 ta uchrashuv, 2016/17-yilda 26 va ushbu mavsumda 15 ta o'yin kelishilganligi aytib o'tilmoqda. Ulardan bir o'yin "Real Madrid Kastilya" ijrosida amalga oshganligi shubxa qilinyapdi.
2017-yil 11-noyabr kuni Segunda B 14-turda Santiago Solari ("Kastilya") shogirdlari "Sersedo" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Xuquqni muxofaza qilish organlari Osiyo bukmekerlik idoralari tomonidan uchrashuvlarga qo'yilgan "stavka"lar (qoida buzish, burchak zarbalar v.k...) taqdim etdi va bu taqdim etgan stavkalar uchrashuv natijasiga ta'sir ko'rsatganligi ta'kidlanmoqda.