«Chelsi» klubining sobiq futbolchisi Gustavo Poyet EChL 1/8 final «Chelsi» va «Barselona» ilk uchrashuvi haqida gapirib o'tdi.
«Chelsi» klubida barqarorlik kuzatilmayapti, ular chempionlikni qo'lga kiritganidan keyin, ishlari ortga siljigan. Bu tabiiy hol. Bunday holat Mourino, Anchelottida ham bo'lgan, endi Konteda kuzatilmoqda.
O'tgan mavsumda «Chelsi» kuchli va mustahkam tizimga ega edi, hozirda esa ulardan nima kutishni ham bilmaysan. Ba'zida uyida 0:3 hisobida mag'lub bo'ladi.
Ammo «Chelsi» «Real»ga o'xshaydi – ular hal qiluvchi pallada chempionlar kabi o'ynashni boshlaydi» - deydi Poyet.