“Real”ning ikki futbolchisi — Karim Benzema va Garet Beyl yozda jamoani tark etadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres allaqachon bu ikki futbolchini transferga qo'yishga qaror qilgan. U tarkibni keskin o'zgartirmoqchi.
Beylga ayni damda “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” qiziqish bor. Benzemaga esa frantsuz va xitoy jamoalari qiziqishmoqda.