Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jahon chempionatida yarimhimoyachilar Marko Asensio va Isko yordamiga tayanmoqchi.
Ammo bu fotbulchilar "Real"da har doim ham maydonga tushavermayaptilar.
"Doim futbolchilarning sog'ligi a'lo bo'lishini va o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istayman. Bu ayniqsa o'zimizning o'yinchilarga tegishli. Isko "PSJ"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatdi. Men Isko va Asensioning "Real"da muhim rol o'ynashlarini va baxtiyor bo'lishlarini istayman. Futbolchilar klublarida yaxshi o'ynasalar, bu bizning foydamizga xizmat qiladi", - deydi Lopetegi.