"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas o'yin amaliyoti kamligidan Italiya A seriyasiga yo'l olmoqchi.
36 yoshli darvozabon o'z agentiga mavsum yakunidan so'ng A seriyasidan jamoa izlashini topshirdi. Kasilyasning "Portu" bilan shartnomasi 2018 yilning yozigacha tuzilgan.
Avvalroq, "Real"ning sobiq posboni Meksikaning "Amerika" yoki MLS klublaridan biriga o'tishi taxmin qilingan edi.