"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar "Real"ga o'tish haqidagi mish-mishlarga to'xtalib o'tdi.
"Bir necha yillardan beri menga "Real" qiziqayotgani haqida mish-mishlar yuradi. Hozirgi paytda menga bu yerda hamma narsa qoniqarli. Agarda jamoani o'zgartirmoqchi bo'lsam, vaqti kelgan o'zgartiraman. Biroq hozir "Chelsi"daman. Menda hammasi joyida. Bu jamoa bilan amaldagi shartnomam tugashiga ikki yarim yil vaqt bor. Mening oilam bu yerda yashashdan xursand. Muxlislar meni sevishadi. Ko'ramiz kelajakda nima bo'ladi", - deydi belgiyalik futbolchi.