«PSJ» klubi yarim himoyachisi Lassana Diarra «Strasburg»ga (5:2) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, «Real» bilan bo'lgan o'yinga ham to'xtalib o'tdi.
«Bu juda yaxshi natija bo'ldi. G'alabali odimga qaytishimiz kerak edi. Chorshanba kuni nima voqea sodir bo'lganini bilamiz – bu futbol, ammo qarama-qarshilik hali yakunlanmadi. Har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz.
Menga keladigan bo'lsak, o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Oldinda bizni uzoq yo'l kutib turibdi, ammo hammasi yaxshi bo'ladi», — deydi Lass.