"Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodrigesning otasi Uilson Rodriges o'g'lining "Real"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"O'g'lim Karlo Anchelotti vaqtida futboldan zavq olmay qo'ygan edi. Ammo hech qachon undan Zidan haqida yomon gaplar eshitmaysiz.
Ammo Hames Myunxenda o'zini xuddi uyiday his qilyapti. U xotirjam va baxtiyor yashamoqda. Unga maydonga chiqib, futbol o'ynash muhim. U hech kimdan qo'rmaydigan jamoada o'ynayapti. Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun yaxshi o'ynash kerak", - deydi futbolchining otasi.