"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko'tarinki kayfiyatda.
BU haqida madridliklarning bosh murabbiyi Zinedin Zidan primeraning 24-turida "Betis" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:3) ma'lum qildi. Uchrashuvda portugaliyalik futbolchi bitta gol urdi.
"Ronalduning holati a'lo daraada va gol urganidan xursand. Men ham mamnunman. Ta'kidlash joiz, buning hammasi jamoaning birgalikda bajargan ishi ortidan bo'lmoqda. Oxirgi besh turda 23 ta gol urdik, bundan xursand bo'lish kerak", - deydi Zidan.