«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Xames Rodrigesning klubni tark etmoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Xamesda ketish uchun jiddiy sabab bor va buni tushunish kerak. Kimki o'zini yaxshi his qilmasa va etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, o'ziga qulay joy izlaydi. Ammo men unga qolishni tavsiya qilgan bo'lardim.
Balki Xamesni shubhalar qiynayotgan bo'lishi mumkin, ammo bu uning shaxsiy ishi. U «Real»da o'ynab ketishi mumkin, ammo unda ketish uchun jiddiy sabab bor» - dedi Ronaldu Marca xabarida.