«Real» direktori Emilio Butrageno «Betis»ga qarshi o'yinda jarohat olgan jamoa himoyachisi Marseloning holati haqida ma'lumot berdi.
«Kutimishimiz kerak. Ko'ramiz, shifokorlar nima deyisharkan. U maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Bu yomon xabar, juda yomon. Ikki kundan keyin futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini aniq bilib olamiz», – dedi Butrageno.
Avvalroq «Real» yarim himoyachisi Toni Kroos jarohat olgani haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur jarohat tufayli u EChLning nimchorak final bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin.