«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Betis»ga qarshi o'yinda (5:3) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Portugaliyalik futbolchi uchun bu gol 2018 yilning yanvar oyidan beri Primera doirasida kiritilgan sakkizinchi to'p bo'ldi. Bu borada u musobaqada etakchilik qilmoqda.