Frantsiyaning “PSJ” klubi kecha o'z maydonida “Strasbur”ni qabul qilib (5:2) hisobida g'alaba qozondi.
Gap shundaki, “Park de Prens” stadionida o'yinni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan mahalliy muxlislardan biri o'yin vaqtida Madridning “Real” klubi sha'niga qarshi so'zlar yozilgan bannerni baralla ko'targan. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.
Bannerda “Puta Madrid” (Yo'qol Madrid) yozuvi aks ettirilgan. Muxlis bannerni deyarli butun o'yin davomida stadionning ko'zga yaqqol ko'rinib turadigan markaziy tribunalaridan birida ko'tarib turgan.
Frantsiya futbol federatsiyasi mazkur holat bo'yicha hozircha rasmiy axborot bermadi, agar ushbu holat bo'yicha ish ochiladigan bo'lsa, Parij jamoasining uy stadioniga muxlislar kirishi mavsum yakuniga qadar ta'qiqlanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Real” “PSJ” bilan EChL musobaqasining nimchorak finalida to'qnash keladi. Madridliklar birinchi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.