«Real» sardori Serxio Ramos Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini aytdi.
«Agar penaltilar seriyasi bo'lsa, bunga ijodiy yondashib, qanday tepish haqida obdon o'ylab ko'raman. Buffonga Panenka uslubida penalti tepishni hayolgayam keltirmaslik kerak, bu xavfli.
«Real» safida urgan gollarimdan xursandman, ular jamoaning tarixiga aylfnib bo'ldi» - dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, penaltini tepishda to'pni darvozaning markaziga ohista yo'naltirish uslubi – uni amalda ilk marotaba qo'llagan, chexiyalik futbolchi Panenka sharafiga nomlangan.