Qatarning «As-Sadd» klubi yarim himoyachisi Xavi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida «Real» va «PSJ» o'rtasidagi to'qnashuv borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«PSJ» «Real»ni ancha qiynadi. Madridliklar taslim bo'lishga yaqin turishgandi, ammo ular o'yinga qaytishdi va 2ta gol urishdi. «Real»ga qarshi bahslarda vaziyatlarni ko'kka sovurish kerak emas, aks holda ular seni jazolashadi. Ularga qarshi hujum yoki burchak to'pining o'zi etarli bo'ladi. Lekin hisob 3:1? Yakuniy natija haqqoniy bo'lmadi. «PSJ» g'alaba qozonishi yoki durang o'ynashi kerak edi.
Tushunarsiz, ammo bu fakt: «Real» yomon o'ynayapti, ammo g'alaba qozonmoqda. Bu jamoalar o'rtasidagi asosiy farq shundaki, «Real» yomon o'ynasa ham g'alaba qozona oladi. Ular o'yin davomida ustunlikka erishadimi yoki yo'qmi, ahamiyatga ega emas. «Madrid»ning falsafasi – g'alaba qozonish. «PSJ» o'yinni nazorat qilishga harakat qildi, ammo vaziyatlardan foydalanilmasa, buning foydasi yo'q", – dedi Xavi.