Qatarning "As-Sadd" klubi yarimhimoyachisi Xavining fikricha, "PSJ" EChL nimchorak finalining birinchi uchrashuvida (1:3) "Real"ni mag'lub etish uchun barcha imkoniyatga ega edi.
"PSJ" "Real" bilan o'yinda "oliftalik" qildi. Madridliklar mag'lubiyatga yaqin edi, ammo keyin o'yinga qaytib ikkita gol urdilar. "Real"ga qarshi o'yinlarda vaziyatlarni sovrumaslik kerak, aks holda ular jazolaydilar. Qarshi hujum va burchak to'plari etadi. Ammo 3:1? Ular buni qanday uddaladilar? "PSJ" yutishi yoki durang o'ynashi mumkin edi.
Tushunarsiz, ammo fakt: "Real" ishonchsiz o'ynashi mumkin, ammo g'alaba qozonadi. Klublar o'rtasida farq o'undaki, "Real" yomon o'ynay turib, g'alaba qozona oladi. Ularga farqi yo'q - ustunlik qilyaptilarmi yoki aksincha. "Real"ning falsafasi - g'alaba qozonish. "PSJ" o'yinni nazorat qilishga urindi, ammo vaziyatlardan foydalanilmas ekan bu befoyda", - deydi Xavi.