Xames Rodriges katta ehtimolga ko'ra «Bavariya» klubi tomonidan butunlay sotib olinadi.
Myunxeniliklar kolumbiyalik yarim himoyachini «Real» klubidan 13 million evro evaziga 2 mavsumga ijaraga olgan edi.
Ijara shartnomasida 26 yoshli futbolchini 42 million evro evaziga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.
«Bavariya» klubi rahbariyati futbolchining yangi jamoaga tezda ko'nikib ketgani va hozirgi sport formasidan mamnun. Agarda Xames shu tarzda harakat qilishni davom etsa, myunxenliklar sotib olish huquqidan foydalanish istagida.