"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning kelajagi borasida bir qarorga keldi. "Qirollik klubi" xo'jayini ushbu mavsum so'ngida frantsiyalik mutaxassisni iste'foga chiqarmoqchi. Jamoa ketma-ket uchinchi marta EChLda bosh sovrinni qo'lga kiritsa ham, Zidan o'z lavozimidan chetlashtiriladi. Bu haqda Diario Gol xabar tarqatdi.
"Real" prezidentining fikricha, klub Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogi musobaqasini boy berganidan keyin jamoada o'zgarishlar qilishga qaror qilgan. Peres bu ishni avvalo murabbiylar shtabidan boshlamoqchi.
Zidanning o'rniga Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov taklif etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Agar Peres germaniyalik mutaxassis bilan kelisha olmasa, "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino variantiga qaytadi.