«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasidagi "Real"ga qarshi javob o'yinini Rokki boshqarishini istashini ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, Madridda bo'lib o'tgan dastlabki o'yindan keyin parijliklar bosh murabbiyi hakamni keskin tanqid ostiga olgandi.
«Parijdagi o'yinni ham Rokki boshqarishiga roziman. Faqat bir shart bilan, Madridda bo'lgani kabi mezbonlarga yon bosishi kerak. Birinchi o'yinda bo'lgan tamoyillarni javob bahsida ham qo'llasin», – dedi Emeri.