Chempionlar Ligasi 1/2 final uchrashuvlariga hakamlar brigadasi tayinladi.
Unga ko'ra turkiyalik hakam Juneyt Chakir "Atletiko" va "Real Madrid" uchrashuvini boshqarib boradigan bo'ldi. Bu bilan Chakir "Real" ishtirokida Chempionlar Ligasida 7-uchrashuvni boshqarishi bo'ladi.
O'tgan mavsumda "Malmyo" - "Real Madrid" (0:2) va yarimfinalning dastlabki o'yini "Manchester Siti" - "Real Madrid" (0:0). Ilk marta Chakir 2011/12-yilgi mavsumda "Real" ishtirokidagi uchrashuvda hakamlik qiladi. Unda Joze Mourinyo shogirdlar "Santiago Bernabeu"da "Lion"ni (4:0) hisobida taslim etdi. Oradan bir yil o'tib guruh bosqichida "Real Madrid" - "Borussiya Dortmund" (2:2) va "Manchester Yunayted"ga qarshi 1/8 final javob baxsi (1:2) o'yinini ham Chakirga ishonib topshirilgan. Ushbu mavsumda ham turkiyalik hakam "Real" ishtirokidagi "Napoli" - "Real Madrid" (1:3) uchrashuvini ham boshqargan.
Ko'rib turganingizdek Juneyt Chakir boshqargan uchrashuvda "Real" mag'lub bo'lmagan.