"PSJ" hujumchisi Neymarning otasi EChL nimchorak finalining birinchi uchrashuvida "Real"dan uchragan mag'lubiyatdan so'ng (1:3) o'g'lini tanqid qilganlarga javob berdi.
"Urushda g'alabadan ozuqa oladiganlar bor va mag'lublarning go'shtini eydiganlar bor. Mening o'g'lim yoshligidan jang qilib kelgan. U har doim kurashadi va o'laksaxo'rlardan uzoq bo'lishga harakat qiladi. Yanada kuchli bo'lib qaytadi. Biz jangni boy berdik, ammo urushga kelsak, tirik ekanmiz - u davom etadi", - deydi futbolchining otasi.
Javob uchrashuvi 6 mart kuni Parida bo'lib o'tadi.