Sky Sports jurnalisti Gilem Balage "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Pol Pogbaning "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Real" bundan ham muhimroq transferlarga sarflaganidan so'ng, Pogbani sotib olish uchun unda pul qolmaydi. Peres bu variantni ko'rib chiqmayotgani haqiqatga yaqinroq.
Azar, Kurtua yoki De Hea – ayni paytda "Real"ning asosiy transfer nishonlari. Bular safiga JCh-2018 davomida yana kimdir qo'shilishi mumkin. "Real" mana shunday ishlaydi.
"Real" va Pogba o'rtasidagi qiziq voqeani aytib beraman. Pogba 2012 yilda "MYu"ni tark etishga qaror qilganida, unga "Real" yoshlar jamoasidan 100 ming evrolik taklif tushgan. O'shanda yoshlar murabbiyi Peresga: "Uning narxi 100 millionga etganida menga olib keling" degan.
Hozir Pogba 100 milliondan ortiq turadi, ammo u "Real"ning kelgusi mavsum uchun rejalariga kirmaydi", - deydi Balage.