Portugaliyalik futbolchining xolati yaxshi emas.
Kecha Yevropa Ligasi doirasida "Sporting" safida ijara asosida to'p surayotgan futbolchimiz Fabio Koentrau zahiraga olingan payti o'z reaksiyasini namoyish qildi. Portugaliyalik himoyachi zahira o'rindig'iga o'tirar ekan o'rindiq shitini bir necha bor kuchli zarbalar bilan urdi va yig'lab yubordi.
Bunday xolat Koentrau uchun birinchi marta yuzaga kelayotgani yo'q. Portugaliya primerosining 19-turida "Viktoriya Setubal" klubiga qarshi kechgan baxsning 94-daqiqasida Koentrau qoida buzdi va natijada hakam 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Yakunda vaziyat gol bilan yakunlab "Vitoriya Setubal" klubining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Shundan so'ng "Sporting" ustozi Koentrauning xolati yaxshi emasligini ko'rib maydondan chiqishi mumkinligini ko'rsatdi (o'zgarish tugagandan so'ng), Fabio esa zahira o'rindig'ining orqa tomoniga o'tib o'rindiq devorini mushtlari bilan urib, yig'lab yubordi.
"Men jamoamni chempion bo'lishini xohlayman. O'zimni xafa xis qilmoqdaman va munosabatimni bildirdim. Men haqiqiyman, soxta emasman", - deydi Fabio o'yindan so'ng.
Ma'lumot uchun, Koentrau Portugaliya chempionatining 22-turidan so'ng 17 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol kiritgan, qolgan 5 turni esa jarohati sabab o'tkazib yuborgan.