Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning kuchi nimada?

Chempionlar Ligasidagi ilk o'yinlarda ikki jamoa qaysidir pallada o'ziga juda qoniqarli hisobga erishgan holda, keyinchalik ustunlikni qo'ldan chiqarib qo'ydi. «Yuventus» va «PSJ».

.
- Yuklab olish

Chempionlar Ligasidagi ilk o'yinlarda ikki jamoa qaysidir pallada o'ziga juda qoniqarli hisobga erishgan holda, keyinchalik ustunlikni qo'ldan chiqarib qo'ydi. «Yuventus» va «PSJ».

Vaziyatlarga, ayniqsa, holatga strategik yondoshish juda ahamiyatli bo'lib qoladigan plef-off o'yinlariga to'g'ri yondashish kuchli klub uchun juda kerak. Shu tomondan «Yuventus» va «PSJ» o'xshash, har ikki jamoa qaysidir pallada tushunmay qoldi – 2:1 yaxshi hisobmi, biz hujumga zo'r berib, uni o'zgartirishga urinaylikmi yoki shu hisobni saqlab qolish ham yutuqmi? «Yuventus» «Tottenhem»ning, «PSJ» esa, o'zining kuchiga munosib baho bermadi, o'yin paytida maqsadni yo'qotib qo'ygandek tuyuldi va har ikkisi yana bittadan gol o'tkazib yubordi.

Balki «PSJ» madridliklarning kuchiga ham munosib baho bera olmagandir. Umuman, mavsum davomida juda beqaror o'yin va natija qayd etayotgan, ammo bir o'yinda istalgan cho'qqiga chiqishi mumkin bo'lgan «Real»ning kuchi nimada? Axir o'tgan yili klub o'zi ishtirok etgan barcha muhim kuboklarni yutganda ham, Evropa uchun etib bo'lmas qandaydir cho'qqini namoyish qila olmagandi, to'g'rimi?

O'sha o'yinlarning stsenariysiga e'tibor bersangiz, o'xshash jihatlarni payqash mumkin. «Bavariya» bilan o'yinlarda ham, «Atletiko» yoki «Yuventus» bilan finallarda ham, «Real»ning o'yin oxirlarida kuchayib ketganini kuzatgandik. «PSJ» bilan bahsning ikkinchi bo'limida maydonga tushgan Asensio qisqa vaqtda ikkita golli pas uzatganidan keyin, bu o'yinning ham avvalgilari bilan umumiyligini payqagandek bo'ldim. 

Va savolga javob topildi: «Real»ning zaxira o'rindig'i kuchli. 
Yo'q, gap faqat Asensio yoki Lukas Vaskesda emas. Ular har qanday jamoaning asosiy tarkibidan joy oladigan superyulduzlar emas, aslida, Evropadagi har qanday top klubda uning saviyasidagi zaxira futbolchilar bor. Ba'zi pallalarda Asensio asosiy tarkibda ham harakat qilganida ham, uning hali eng zo'r saviyaga chiqqan tayyor futbolchi emasligini bildik. Gap boshqa yoqda, «Real»ning zaxira futbolchilarida boshqa xususiyat bor.

Misol uchun, har qanday murabbiy 2-bo'limda boshqa futbolchilarni maydonga tushirish orqali, o'yinni kuchaytirmoqchi bo'layotgandek ko'rinadi. Aslida bu erda paradoksga duch kelamiz, agar ma'lum futbolchi zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirsa, nega 1-bo'limdan boshlab o'sha kuchli o'yinni ko'rsatishning iloji yo'q? Demak, murabbiylar o'yinni kuchaytirmoqchi emas, o'zgartirmoqchi bo'lishadi – ya'ni, zaxiradan futbolchi tushirish orqali, o'yin taktikasini, maydondagi vazifalarni va uslubni sal bo'lsa-da, o'zgartirishadi.

Agar Valverde Inesta o'rniga Paulinoni tushirsa, demak u ko'proq vertikal o'yinning ahamiyatini oshirmoqchi. Mourino 2-bo'limda Lingard o'rniga Matani tushiryaptimi, demak, «MYu» ko'proq pozitsion hujumga urg'u berish yo'liga o'tadi. Aytmoqchimanki, murabbiy futbolchi almashtirayotganda, o'yin uslubini, yondashuvni biroz o'zgartirishga ehtiyoj borligidan qilayotgan bo'ladi.

Almashtiruvdan keyin, jamoa boshqacharoq taktikaga o'tadi, boshqa futbolchilarning ham vazifalari o'zgaradi, yangicha o'ynash boshlanadi.

Zidan jamoasida esa, boshqacharoq. «Real» almashtirishlardan so'ng o'zgarmaydi, kuchayadi. Asensio, Vaskes, Beyl kabi futbolchilar tushganida ham «Real» o'sha paytgacha ko'rsatib turgan o'yinini qilaveradi, faqat yangi, tetik futbolchilar yordamida o'sha o'yin sezilarli darajada tezlashib, kuchayib ketadi. «Real» bilan o'yinning oxirlarigacha agar durangni saqlab turar ekansiz, bilingki, bu sizning zararingizga ishlaydi. Chunki, Zidan o'sha holatni ijobiy tomonga o'zgartirish imkoniga ega, siz esa, faqat o'zgartira olasiz xolos – bu o'zgarish ijobiy tomonga bo'ladimi yoki salbiy, buni aniq ayta olmaysiz.

Shuning uchun ham turli rotatsiyalar bilan ham «Real»ning o'yini u qadar o'zgarib ketmasligini ko'ramiz. Chunki yangi tarkibni tushirganda, Zidan alohida, yangicha taktika yoki sxema ustida bosh qotirishga muhtoj emas. U futbolchi unisining vazifasini to'g'ridan-to'g'ri bajarib ketaveradi.

Shunga o'xshash holat, masalan, mavsum boshida «Manchester Yunayted»da yaqqol ko'zga tashlangandi. Marsiyal va Reshford o'yin uslubi va maydondagi vazifasi jihatidan juda o'xshash futbolchilar – Mourino ularni navbati bilan asosiy tarkibda tushirib turdi. O'yin oxirida Reshford o'rniga Marsiyal tushdi yoki aksincha. Bu almashtirishlar taktikani, uslubni o'zgartirish yo'lida emas, aynan tetiklik orqali o'yinni kuchaytirishga qaratilgandi. Doim bu o'zgarish o'zini oqlayverdi, zaxiradan tushgan futbolchi, kim bo'lishidan qat'i nazar, rostan ham jamoa o'yinini kuchaytirdi – «Yunayted» o'yin oxirlarida boshiga nisbatan ikki barobar ko'p gol urdi. To'g'ri, hozir Reshford yoki boshqa futbolchilar formasini yo'qotishi natijasida, mavsum boshidagi effektivlik yo'q, ammo jamoada maydondagilar bilan ayni uslubni muvaffaqiyatli bajara oladigan boshqa saviyali futbolchining zaxiradan ham bo'lishi juda foydali ekanini ko'rishimiz mumkin.

Murabbiy undan faqat jamoa o'yini chiqmaganda  uslubni o'zgartirish uchun emas, balki, ishlab turgan uslubning o'yin oxirlarida yanada foydali qilish uchun foydalana oladi. Ayniqsa, teng saviyali jamoalarning o'zaro o'yinlarida bunday imkoniyat juda qo'l keladi.

Ishonmasangiz, Zidandan so'rang. 

Qahramon Aslanov

BestMaster
16 Fevral 2018, 20:19
«real»ning, kuchi, nimada?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 League  
Xa boshidagi fikirlaga qushilaman ase lucas
16 Fevral 2018, 21:14
 antimadrid  
Realni kuchi hakamlarda 100%
17 Fevral 2018, 12:48
 antimadrid  
Qora qo'ng'iz ham bolasini opog'im deydi.
17 Fevral 2018, 12:49
 serdarkhan  
REAL MADRID CLUBI, HECH QACHON HAKAMLARGA BOG'LIQ BO'LMAGAN HAKAMLAR FAQATGINA O'YIN QOIDASI BUZILGANIDA O.T B.N
17 Fevral 2018, 22:11
 serdarkhan  
Real Madrid Clubi, Taqdiri, Hakamlarga Bog'liq Emas Hakamlar Faqat O'yin Buzilganida O'zini SHaxsiy Qarorini Bildiradi.
17 Fevral 2018, 22:16
 serdarkhan  
Real Madrid Clubi, Taqdiri, Hakamlarga Bog'liq Emas Hakamlar Faqat O'yin Buzilganida O'zini SHaxsiy Qarorini Bildiradi.
17 Fevral 2018, 22:17
 serdarkhan  
Real Madrid Clubi, Taqdiri, Hakamlarga Bog'liq Emas Hakamlar Faqat O'yin Buzilganida O'zini SHaxsiy Qarorini Bildiradi.
17 Fevral 2018, 22:18
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads