«PSJ» hujumchisi Neymar bosh murabbiy Unai Emerini Chempionlar Ligasi nimchorakfinalining «Real»ga (1:3) qarshi dastlabki o'yindagi mag'lubiyatning bosh aybdori deb hisoblamoqda.
Express xabariga ko'ra, Neymar Emerini tarkib tanlashda adashgan deb hisoblayapti. Xususan, unga himoyachi Tiago Silvaning zaxirada qoldirilishi yoqmagan. Braziliyalik fikriga ko'ra, himoyada harakat qilgan Kimpembe xatolari tufayli «PSJ» ikkita gol o'tkazib yuborgan.
Bundan tashqari, Neymarga yarimhimoyachi Jovani Lo Chelso harakatlari ham ma'qul kelmagan. Neymar uning o'rniga Lassana Diarra tushirilgani yaxshiroq bo'lardi, deb hisoblamoqda.