"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvida dubl qayd etgan holda o'zi ushbu turnirning yakka qiroli ekanini yana bir bor isbotladi.
Gap shundaki, Portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasining joriy mavsumida o'tkazilgan barcha 7 uchrashuvning har birida o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga va umumiy hisobda 11 ta gol kiritishga erishdi. Bu bilan Ronaldu musobaqa tarixida turnirning dastlabki 7 uchrashuvining barchasida gol kiritgan ilk va hozircha yagona futbolchi sifatida rekordchiga aylandi.
Bundan tashqari CR7 Chempionlar ligasida ketma-ket 8 uchrashuvdan buyon (13 ta) gol kiritishni ham uddalamoqda. Yodingizda bo'lsa u o'tgan mavsum so'nggida "Yuventus"ga qarshi final bahsida ham dubl qayd etgan edi.
RealBlancos