Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Allegri: "Real" ko'p jabhada kuchli"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL finalidagi raqibi "Real" klubi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL finalidagi raqibi "Real" klubi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real" ko'p jabhada kuchli. U o'ta o'ziga xos jamoa. Texnikasi va tezligi juda yuqori. U bunday darajadagi o'yinlarga ko'nikmayapti, shuning uchun final juda qoyilmaqom bo'lishi kutilmoqda.

Bizni shu ergacha etib kelganimiz qoniqtiradi, ammo bu safargi final oldidan kayfiyatimiz 2015 yilgisidan butunlay farq qiladi. Biz yutamizmi, yutqazamizmi, bilmayman.

2015 yilgi "Barselona" bilan final uchrashuvining birinchi 20 daqiqasidan so'ng yutqazamiz, deb o'ylagandik, ammo keyin hisobni tenglashtirdik. Biroq yakunda mag'lub bo'ldik.

Bizni qiyin va uzoq 95 daqiqa, balki 120 daqiqa kutib turibdi. Agar 2015 yilgi Berlindagi finalga taqqoslasak, tarkibimizda har bir chiziq o'zgargan. O'sha jamoadan 4 yoki 5 o'yinchi qolgan. Hozir o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori, jamoda muhit yaxshi, o'z imkoniyatlarimizni bilamiz. Biz qatorasiga 6 marta skudettoni yutib, EChL finaliga chiqib, Italiya kubogida ikki marta zafar quchib va Italiya Superkubogida g'alaba qozonib marrani ko'tarib qo'ydik. Bu jamoaga doim yangi chorlovlar va jiddiy vazifalar kerak", - deydi Allegri.

BestMaster
1 Iyun 2017, 17:09
allegri, real, jabhada, kuchli,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Muhammadi  
kupkatta ketma allegri zidan birkalla uradi shubilan biryil uzingga kelolmay yurasan
1 Iyun 2017, 17:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads