«Real» prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi Marko Asensioni sotishi mumkin. Agar futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 700 million evro miqdoridagi tovon pulini to'laydigan klub topilsa, madridliklar uni ushlab o'tirishmaydi.
22 yoshli futbolchiga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» tomonidan qiziqishlar bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Asensio Ispaniya La ligasining ushbu mavsumida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.