«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL nimchorak finalida «PSJ» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi.
«Real» muhim g'alabaga erishdi. O'yinni yomon boshlamadik ammo gol o'tkazib yubordik. Biroq bu chempionlar ligasi, unda «Real»ning tajribasi bor. O'z maydonimizda yaxshi futbol namoyish etmoqchi edik.
Javob uchrashuvi oldidan yaxshi ustunlikka ega bo'ldik. «PSJ» o'z hujumchilari bilan juda xavfli raqib ekanini bilar edik. Ularni to'pdan mahrum qilish uchun kuchli bosim uyushtirish kerakligini ham bilar edik.
Gol ursang, jamoang g'alaba qozonsa - boshqacha hissiyotlarni boshdan kechirasan. Chorak final masalasi hozircha hal bo'lmadi.
Xotirjam bo'lishimiz uchun Parijda gol urishimiz kerak», - deydi portugaliyalik yulduz. Ma'lumot uchun, mazkur qarama-qarshilikning javob uchrashuvi 6 mart kuni bo'lib o'tadi