Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan “PSJ”ga qarshi o'yinda amalga oshirilgan penaltida futbol qoidali buzilgan bo'lishi mumkin.
BT Sport nashri mutaxassislari Gari Lineker va Rio Ferdinandlar o'yindan keyin Ronaldu penaltini amalga oshirayotgan vaqtda qoidani buzgani haqida aytib o'tishdi.
Ularning fikrlariga ko'ra, Ronaldu chap oyog'i bilan maydonni biroz kovlagan va to'pni havoda ma'lum muddat turishini taminlagan.
Natijada portugaliyalik futbolchi to'pni o'ziga to'g'irlab olgandan keyin havolatib zarba yo'llagan. Bunday vaziyatda zarba qaytadan amalga oshirilishi kerak bo'ladi.
“Uning bunday ishlariga mashg'ulotlarda guvoh bo'lganman. Lekin Ronaldu bu ishni “PSJ” bilan o'yinda aniq amalga oshirdi deya olmayman. Ronaldu “MYu” mashg'ulotlarida shunday zarbalar berishni o'ylab topgandi. Bu shunchaki tentaklik”, – dedi Ferdinand.
“Agar Ronaldu buni bilib turib amalga oshirgan bo'lsa, ishoning u o'zgacha inson”, – deya voqeani sharhlaydi Garri Lineker.