"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emery uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.
"Menga aytishdiki Ramos jarima maydonchasi ichida qo'li bilan o'ynadi. Men bu vaziyatni ko'rmadim. Bu hakamlarning ishi, agarda penalti bo'lgan bo'lsa hakam buni belgilashi kerak edi. U bunga majbur. Agar hakamlar bunday xatolar qabul qilmasa biz uchrashuvda boshqacharoq natija ko'rsatishimiz mumkin. Hisob 1:1 vaziyatda hakam "Real"ga ko'proq yordam berib yubordi. Ikkinchi bo'limda o'yin nazorati bizda edi, ikkinchi golga yaqin keldik. "Real" qarshi hujum taktikasiga o'tdi. Agarda biz toza o'ynasak va hakam adolatli qarorlar qabul qilganda, "PSJ" kamida durang qayd etardi.
"Real" - favorit, chunki amaldagi chempionlar. So'nggi 4 yilda 3 marta sovrinni yutishgan. Ammo bizda chorakfinalga chiqish imkoniyati bor", - deydi Emery.