«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn yozda «Real»ga o'tishi mumkin.
The Sun xabariga ko'ra, Madrid klubi 24 yoshli ingliz uchun 300 mln evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, Keyn uchun «Yuventus» 250 mln evro taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Keyn APL doirasida 25ta o'yin o'tkazib, 23ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda transfer rekordi Neymarga tegishli bo'lib, futbolchi «Barselona» klubidan «PSJ»ga 222 mln evro evaziga o'tgan edi.