"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng hakamlardan yaqqol noroziligini ma'lum qildi.
"Natija adolatsiz bo'ldi. O'ylashimcha, ikkinchi bo'limda biz ulardan kuchli o'yin ko'rsatdik, bizda golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Mbappe bilan vaziyatda ofsayd yo'q edi. Xakamning qarorlari bizga qimmatga tushdi. Hakam "Real"ga yordam berdi. Endi javob baxsiga e'tibor qaratamiz. Biz uyda harakat qilamiz, muxlislarimiz qarshisida va faqat oldinga boramiz. "Real"ga juda qiyin bo'ladi. Albatta, Neymar faoliyatini "PSJ"da davom ettiradi, 100%", - deydi Al- Xelayfi.