"Real Madrid" va "PSJ" uchrashuvi yakuniga yetgach bir necha soatdan so'ng parijliklar darvozasiga qo'yilgan penalti borasida baxs munozaralar yuzaga keldi. Birinchi bo'lim yakunida bosh hakam Janluka Rokki Toni Kroosga ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgiladi.
Bu baxs yuzasida sobiq La Liga hakami Iturralde Gonsales shunday deydi: "Madrid" futbolchisi raqiblardan biri uning yelkasiga qo'lini qo'yganini xis etgach yiqildi. Ushbu vaziyatda penalti berilmaydi. Ramos bilan yuzaga kelgan vaziyatda esa, to'p Ramosning qo'lini topdi. Qoida buzilgani yo'q".