Mashhur karikaturachi Umar Mo'maniy «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning yangi rekordiga bag'ishlab, navbatdagi rasmini taqdim qildi.
Ma'lumki, portugaliyalik to'purar Chempionlar Ligasi tarixida bir klub tarkibida 100ta gol urgan ilk futbolchi bo'lgan edi.
Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o'rin olgan «PSJ» (3:1) klubiga qarshi o'yinda Ronaldu dubl sohibi bo'ldi va «Real» tarkibida ushbu musobaqadagi gollari sonini 101taga etkazdi.