Frantsiya oliy divizionida qatnashuvchi "Dijon" klubi "PSJ" yarimhimoyachisi Adrien Rabio aytgan so'zlariga javob berdi.
Rabio EChL nimchorak finalida "Real"dan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng (1:3) Rabio "Frantsiya chempionatida "Dijon" jamoasiga 8 ta gol urish osonligi, EChLda ham gol urish kerakligini" aytgan di.
"Biz "PSJ"ning chempionlar ligasi oldidan o'zini qulay sezishi uchun hamma narsa qildik. Evaziga mana bunday minnatdorchilik oldik", - deb yozadi "Dijon" matbuot xizmati rasmiy Tvitterda.