"Qirollik klubi" xurandchilik qilishga erta.
Kecha Chempionlar Ligasi doirasida o'tkazilgan "Real" va "PSJ" uchrashuvi 3:1 hisobida yakuniga yetganidan xabaringiz bor. Tarixda ham oldin bunday hisob qayd etilgan.
Xususan 1992/93-yilda bu ikki jamoa UEFA kubogida to'qnash kelishgan. Dastlabki uchrashuv "Santiago Bernabeu"da bo'lib o'tgan va uchrashuv (3:1) hisobida madridliklar foydasiga xal bo'lgan. Uchrashuvda Emilio Butragenyu, Ivan Samarano va Michel gol kiritgan.
"Park de Prens" o'tgan javob o'yinida esa "PSJ" ajoyib tarzda kambekni amalga oshirgan. 90-daqiqagacha "PSJ" 3:0 hisobda oldinda borgan 91-daqiqada "Madrid" hujumchisi Ivan Samarano bitta to'p kiritib hisobni 3:1 xolatiga keltirdi. Barcha uchrashuv ekstra taymlarga borishi kutayotgan paytda "Parij" futbolchisi Antuan Kombuare 4-to'pni kiritib uchrashuvga nuqta qo'ydi va "PSJ"ning g'alabasi bilan yakunlandi.