"PSJ" hujumchisi Neymar "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytarib o'tdi.
"Hali hech narsa hal bo'lmadi. Oldinda javob baxsi bor. "Real"ga o'tishim? Mening "PSJ" bilan shartnomam bor. Meni bu yerda hammasi qoniqtiradi va bu yerda jamoaning oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga e'tibor qaratmoqchiman", - deydi Neymar.