Kolumbiyalik futbolchi "Madrid"ga qaytmaydi.
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Xames Rodrigez "Bavariya" safida qoladigan bo'ldi. Hozirda ijara asosida to'p surayotgan futbolchi jamoa bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning o'yin uslubiga manzur bo'ldi. Shu sababli nemis klubi Xamesni sotib olishga qaror qildi.
Sport Bild nashrining xabariga ko'ra kolumbiyalik futbolchi yozgi transfer paytida "Bavariya" tarkibida butunlay ko'chib o'tadi. Ijara shartnoma bandiga ko'ra Myunxenliklar Xamesni 2018-yil yozda sotib olishsa, 35,2 mln yevro to'laydi, agarda 2019-yil yozda sotib olmoqchi bo'lsa 45,2 mln yevro to'lashga to'g'ri keladi.
Ushbu mavsumda Xames Rodrigez barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashib 4 ta gol va 8 ta golga assistentlik qilgan.