"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL nimchorak finalida "PSJ" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi.
Madridliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan birinchi uchrashuvda Ronaldu "dubl"ga erishdi.
"Real" muhim g'alabaga erishdi. O'yinni yomon boshlamadik ammo gol o'tkazib yubordik. Ammo bu chempionlar ligasi, unda "Real"ning tajribasi bor. O'z maydonimizda yaxshi futbol namoyish tmoqchi edik. Javob uchrashuvi oldidan yaxshi ustunlikka ga bo'ldik.
"PSJ" o'z hujumchilari bilan juda xafvlik raqib ekanini bilar edik. Ularni to'pdan mahrum qilish uchun kuchli bosim uyushtirish kerakligini ham bilar edik. Gol ursang, jamoang g'alaba qozonsa - boshqacha hissiyotlarni boshdan kechirasan. Chorak final masalasi hali hal bo'lmadi. Xotirjam bo'lishimiz uchun Parijda gol urishimiz kerak", - deydi portugaliyalik yulduz
Javob uchrashuvi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.