"PSJ" yarimhimoyachisi Marko Verratti EChL pley-offida "Real"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida gapirdi.
"Birinchi bo'lim uchun 1:1 hisobi haqqoniy edi, deb o'ylayman. Tanaffusdan so'ng g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik, ammo buning o'rniga mag'lub bo'ldik.
Bunday buyuk klubga qarshi o'ynaganingda har bir vaziyatdan foydalanishing kerak. Oldinda imkoniyatlarimiz bor, o'z o'yimizda o'tadigan o'yinda o'zimizga ishonchimiz yuqori bo'lishi kerak", - deydi Verratti.