«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yindan so'ng hakamlardan shikoyat qildi.
«Menga Ramos o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynashi mumkinligini aytishgandi. Men vaziyatni ko'rmadim, ammo menga aytishdiki, bu ... Bu hakamlarning ishi, agar qoida buzilgan bo'lsa, penalti belgilanishi kerak.
Bu o'zimizni oqlash emas. Agar hakamlar yana shunday qarorlar qabul qilmaydigan bo'lsa, biz bu to'qnashuvda g'olib chiqishimiz mumkin.
Ikki xil taassurotni his qilyapman. Hisob 1:1 bo'lib turganida hakamning shubhali qarorlari «Real»ning foydasiga ishladi. Shundan so'ng ham biz yaxshiroq o'ynadik, to'pni nazorat qildik va ikkinchi golni urishimiz mumkin edi. Ammo shubhali qarorlar «Real»ga "kambek" qilish imkoniyatini berdi.
«Real» xavfli qarshi hujumlar tashkil qilishga qodir. Agar ehtiyotkor bo'lib o'ynaganimizda va hakamlar xolis qaror chiqarishganida, «PSJ» bugun durangni ushlab qolishi yoki g'alaba qozonishi ham mumkin edi.
«Real» – to'qnashuv favoriti. Sababi, bu jamoa musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Ular so'nggi 4 yil ichida 3 marta unda g'olib chiqishgan. Ammo keyingi bosqichga chiqish uchun bizda imkoniyat bor», – dedi Emeri.