"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emeri EChL nimchorak finalida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3) uchrashuv hakami Janluka Rokkining qarorlaridan norozi bo'ldi.
"Menga Ramosning jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagan bo'lishi mumkinlini aytdilar. BU vaziyatni ko'rmadim, ammo shanday bo'ldi dedilar. Bu hakamning ishi, agar penalti belgilanishi kerak bo'lsa, belgilanishi kerak edi.
Bu o'zimizni oqlash emas. Biz bu qarama-qarshilikda g'alaba qozonishimiz mumkin, agar hakamlar shunga o'xshash qaraor chiqarmasalar.
Qarama qarshi hissiyotlar ichidaman. Hisob 1:1 vaqtida hakamning shubhali qarorlari "Real"ga katta yordam berdi. Shundan so'ng yaxshiroq o'ynay boshladik, to'pni nazorat qildik, ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi, ammo shubahali qarorlar "Real"ga kambek qilish imkoniyatini berdi.
"Real" juda kuchli qarshi hujumlarga qodir. Agar biroz tartibli o'ynaganimizda va hakam muvozanatli qarorlar chiqarganida, "PSJ" durang o'ynagan yoki g'alaba qozongan bo'lar edi.
"Real" - favorit, chunki u oxirgi 4 yilda 3 marta chempionlar ligasini yutdi. Bizda keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bor", - deydi Emeri.